Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralari: nimalar ma’lum?

Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralari: nimalar ma’lum?

Foto: www.aa.com.tr

Istanbulda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Rossiya va Ukraina muzokaralari Turkiya tomoni tashabbusi bilan kunning ikkinchi yarmiga qoldirilgani aytilgan edi.

Ayni paytda Rossiya vakillari Istanbulda. Bu haqda prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy ma’lum qilgan. Putinning matbuot kotibi Peskov Ukraina bilan Turkiyadagi muzokaralarda Rossiya prezidenti ishtirok etmasligini bildirgan.

Tramp Putinning Istanbulga tashrifi kutilmayotgani haqidagi xabarlarga «Agar men bormasam, uning borishidan nima ma’no?» mazmunida munosabat bildirgan va 16-may, juma kuni Istanbulga borishi mumkinligini ham istisno etmagan.

O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Zelenskiy bugun tushdan keyin Anqaraga uchib ketgan va Erdo‘g‘on bilan uchrashuv allaqachon boshlangan. Unga Ukraina delegatsiyasi vakillari, jumladan, Ukraina prezidenti devonxonasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerov hamrohlik qilmoqda.

Tramp Putin bilan uchrashgunga qadar mojarolarni hal qilish borasidagi masala olg‘a siljimasligiga shama qilgan.

«Putin va men uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi [...] Biz bu muammoni hal qilishimiz kerak, chunki juda ko‘p odamlar o‘lmoqda», – dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring