Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmanistonda Arkadag‘ shahrining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Turkmanistonda Arkadag‘ shahrining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Ertaga, 29 iyun kuni Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan Turkmanistonning Arkadag‘ shahrining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Arkadag‘ shahri ortidan Arkadag‘ telekanali, Arkadag‘ gazetasi va Arkadag‘ futbol klubi paydo bo‘ldi. Shaharni qiymati 5 milliard dollarga baholanmoqda.

Shahar 1002 gektar maydonni egallaydi, uning aholisi taxminan 73 ming kishini tashkil qiladi. Mamlakat tarixida birinchi marta qonunchilik darajasida shaharga davlat ahamiyatiga ega shahar maqomi berildi (hatto respublika poytaxti Ashxobod ham bunday maqomga ega emas).

Ma’lumot uchun, Turkmaniston poytaxtidan 30 km uzoqlikda joylashgan Arkadag shahrining qurilishi 2019 yilda turkman xalqi milliy yetakchisi, Xalq Maslahati (Xalq kengashi) raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashabbusi bilan boshlangan edi.

Arkadag‘ – Turkmanistonning ikkinchi prezidenti va hozirgi davlat rahbari Serdar Berdimuhamedovning otasi Gurbanguli Berdimuhamedovning unvoni. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring