
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi joriy etildi
2024-yil 16-iyul kuni imzolangan «O‘zbekiston va Turkmaniston Hukumatlari o‘rtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar to‘g‘risida»gi bayonnoma kuchga kirishi uchun zarur tartibotlarning ikki taraflama bajarilishi yakunlandi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birini tabriklashdi
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Abdulaziz Komilovga Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni berildi
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilovni «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlashga doir hujjatni imzoladi.

Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlandi
2020–2024-yillarda Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston yetakchisiga minnatdorlik bildirdi
14 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Gurbanguli Berdimuhamedovga Maxtumquli asarlari to‘plami sovg‘a qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga tashrifi doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelishda Turkmanistonliklar yaqqol yetakchi
2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 80,5 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

O‘zbekistonga tijorat maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘p kelmoqda?
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 42 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshgan.

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.