Turkiy davlatlar Investitsiya jamg‘armasi a’zo davlatlarga nimalar berishi aytildi
Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammitida turkiy davlatlarning o‘zaro aloqalarida sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, bu boradagi hamkorlikni yangi darajaga ko‘tarish maqsadida Investitsiya jamg‘armasi ta’sis etilishi haqida xabar berilgan edi.
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rustam Hasanovning qaydicha, Jamg‘arma savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga zamin yaratish bilan birga o‘zaro investitsiyaviy hamkorlikka ham yangicha tus beradi.
Shuningdek, Investitsiya jamg‘armasining tashkil etilishi turkiy davlatlar hamkorligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
«Birinchidan, tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishning eng samarali yo‘llarini aniqlash, investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari belgilash.
Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish va manfaatlar uyg‘unligi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishning eng samarali yo‘llarini aniqlash, jumladan, savdo, sarmoya, transport sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirish va ko‘p tomonlama munosabatlarning boshqa mexanizmlarini qo‘llash.
Uchinchidan, ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilash, jumladan, transport yo‘laklari, bojxona va chegara o‘tkazish punktlari va logistika markazlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha yagona yondashuvini amaliyotga joriy etish.
To‘rtinchidan, iqtisodiyotga innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma rejalar, yagona elektron platformani ishga tushirish, jumladan, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va hududlarni rivojlantirishda raqamlashtirish va elektron hukumat tizimini joriy etish darajasini o‘rganish va baholash bo‘yicha investitsiyalarni muvofiqlashtirish mumkin bo‘ladi», – deydi professor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter