Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Startap loyihalarga 2 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

Startap loyihalarga 2 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan nufuzli tanlovlarda g‘olib (sovrindor) bo‘lgan startap loyihalarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha venchur jamg‘arma tomonidan 2 milliard so‘mgacha investitsiya mablag‘lari ularning ustav fondiga ulush sifatida kiritish orqali ajratiladi:

  • istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori bo‘lgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga – 500 million so‘mgacha;
  • O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyihaga – 1 milliard so‘mgacha;
  • xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan startap loyihaga – 2 milliard so‘mgacha;

Savdo-sanoat palatasi hamda joylardagi hokimliklar:

  • Jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan biznes loyihalarning rivojlanishiga ko‘maklashish uchun shaxsan mas’ul etib belgilanadi;
  • har chorakda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi biznes loyihalarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga takliflar kiritib boradi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring