Yoshlar uchun yangi jamg‘arma tashkil etiladi
![Yoshlar uchun yangi jamg‘arma tashkil etiladi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1564364227.jpg)
«Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-60-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida Yoshlar ishlari agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari belgilangan manbalar hisobidan 100 million AQSh dollari ekvivalentiga teng summaga yetkaziladi.
Jamg‘arma ko‘magida kamida 50 ming nafar yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish uning faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Belgilangan daryo, kanal va sohil bo‘ylarida xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha biznes loyihalarni joylashtirish uchun o‘rnatilgan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali yer uchastkalari ajratiladi.
Yoshlar ishlari agentligining Jamg‘armaga ajratiladigan mablag‘lari hisobidan Jamg‘arma huzurida ustav fondi 10 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtiradigan venchur jamg‘arma tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter