Toshkentning havosi eng ifloslangan tumanlari nomi ochiqlandi
Toshkent shahrida havoning ifloslanish holati qanday? «O‘zgidromet» joriy davrda poytaxt havosi bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.
13-fevral va 14-fevral tongida Toshkent shahri meteorologik sharoitlari havo muhitida zararli moddalarning saqlanib turishiga imkoniyat yaratdi.
Statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.)dan ortgani qayd etilgan.
Azot dioksidi bo‘yicha:
Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor tumanlarida REM b.m. dan yuqori 2 holat kuzatildi.
«Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.
18-fevral va 19-fevral tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz tarqalishiga imkoniyat yaratadi»- deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili noyabr oyida «Air Visual» nashri dunyoning havosi ifloslangan 30 shahri ro‘yxatini e’lon qilgan va unda Toshkent kuchli o‘ntalikka kirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter