Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning 23 joyiga qoradori ko‘mib qo‘ygan «zakladchik» ushlandi

Toshkentning 23 joyiga qoradori ko‘mib qo‘ygan «zakladchik» ushlandi

2023 yilning 28 iyun kuni soat 17:30 da «Qoradori-2023» tadbirlari davomida, Toshkent shahar Bektemir tumani Chirchiqbo‘yi ko‘chasida xizmat olib borayotgan tuman IIO FMB PPX xodimlari tomonidan mazkur hududda bo‘lgan 25 yoshli I.K. o‘z harakatlari bilan shubha uyg‘otgani sababli to‘xtatilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, shubhalanuvchi xolislar ishtirokida tekshirilgan vaqtda egnidagi qora rangli shimining chap cho‘ntagidan 1 dona ko‘k rangli yelim skotchga o‘ralgan giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida I.K.dan ushbu moddani kimdan va qayerdan olgani so‘ralganida, u giyohvand moddani geolokatsiya asosida ko‘mib qo‘yish uchun olib ketayotganini va Bektemir tumanidagi Chirchiqbo‘yi, Taraqqiyot, B.Nozim, Parkent yo‘li ko‘chalari, «Iyk-ota», «Gulbog‘», «Zabardast» MFY hududida o‘ziga notanish bo‘lgan mijozlar uchun jami 23 dona o‘ramdagi giyohvandlik moddalarini ko‘mib chiqqanini ma’lum qilib, ushbu 23 dona o‘ramdagi moddalar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.      

Toshkent shahar IIBB EKM sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, I.K.dan olingan modda tarkibida alfa-pirrolidinovalerofenon mavjud bo‘lib, bu modda «alfa-pirrolidinovalerofenon (a-PVP)» deb atalishi va umumiy og‘irligi 22,4 grammga tengligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring