DXX hamda IIV tuzilmalari keng ko‘lamli reydlar o‘tkazdi
![DXX hamda IIV tuzilmalari keng ko‘lamli reydlar o‘tkazdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3655120402.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 3-4 fevral kunlari mamlakatimiz miqyosida «Qoradori» keng ko‘lamli tadbirlarining dastlabki bosqichi o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar va jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida jami 653 ta maxsus tadbirlar tashkil etilgan.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 112 kg 257 gr giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 8601 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi to‘xtatib qolindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 AQSh dollari va 569 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.
Qo‘zg‘atilgan 222 ta jinoyat ishi doirasida 228 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 64 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. 47 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 357 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 231 nafari rasmiy ogohlantirildi.
Shuningdek, keng ko‘lamli tadbirlar doirasida 175 ta «tig‘», 58 ta «bita», 24 ta «kastet» va 77 ta qurol olindi.
Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter