Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1,2 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar fosh etildi

1,2 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar fosh etildi

Foto: Andijon viloyati bojxona boshqarmasi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda kurash olib borilmoqda. Navbatdagi qonunga zid holat Andijon viloyatida aniqlandi.

Viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, DXX xodimlari bilan xamkorlikda Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.Ya. boshqaruvidagi mashina ko‘zdan kechirilganida avtotransport yukxonasida 171 quti “Ferrouz” nomli dori borligi aniqlandi.

Foto: Andijon viloyati bojxona boshqarmasi

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom etirilib mazkur fuqaroning yashash xonadona ko‘zdan kechirilganida dastlabki qiymati 1 mlrd. 200 mln so‘mlik 14 xil turdagi 10 686 dona dori, 50 dona karton karobkalarda dorilarning bo‘sh qutilari, yo‘riqnomalari va yorliqlari borligi aniqlandi.

«Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda» – deyiladi viloyat bojxona boshqarmasi xabarida.

Avvalroq Xorazm va Buxorodan olib chiqib ketilayotgan qadimiy tangalar, Farg‘onada respublika hududiga noqonuniy olib kirilgan 76 mln so‘mlik mushaklar, «Yallama» postida portlovchi modda, Farg‘onada qonunni chetlab olib kirilayotgan 5,8 mlrd so‘mlik mobil telefonlar ushlab qolingandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring