Toshkentdan Istanbulga uchgan reysda o‘zbekistonlik yurak xurujidan vafot etdi
Joriy yilning 11-yanvar kuni O‘zbekiston havo yo‘llarining Toshkent-Istanbul yo‘nalishidagi HY271 raqamli aviaparvozi Anqara shahriga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan edi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur aviareysda 1946-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi X.T. ham bo‘lib, u surunkali kassalligiga shifo topish ilinjida Istanbulga ketayotgan bo‘lgan. Biroq aviaparvoz chog‘ida bemorning sog‘ligi yomonlashib, yurak xuruji boshlangan. Ekipaj hamda yo‘lovchilar hamrohligida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda yurak pulsining to‘xtashi kuzatilgach, tibbiy ko‘nikmaga ega bo‘lgan kishilar tomonidan yurak massaji qilingan.
Biroq muolaja va sa’y-harakatlarga qaramasdan fuqaro hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
O‘zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi tomonidan vatandoshga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilgan va marhum jasadi bugun, 12-yanvar kuni O‘zbekistonga jo‘natilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter