«Kiyev Moskvadan tovon undirishga urinmasligi kerak» – Bloomberg

Bloomberg nashri Rossiyaning Ukraina bilan Istanbuldagi muzokaralarida ilgari surgan ayrim talablarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Ukraina o‘z hududida xorijiy qo‘shinlar yoki ommaviy qirg‘in qurollari bo‘lmagan holda neytral maqomga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, Kiyev Moskvadan tovon undirish haqidagi talablaridan voz kechishi lozim.
Nashr, shuningdek, Kreml Ukrainadan tortib olingan Qrim va yana to‘rtta hudud – Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xersonga da’vo qilinmasligini ham shart qilib qo‘ymoqda.
Istanbul muzokarasida Rossiya tomoni Ukraina ushbu hududlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqqandan keyingina Putin o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishini aytgan.
Shu bilan birga mazkur besh hudud xalqaro miqyosda Rossiya hududlari deb tan olinishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter