Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 4 ta «metan zapravka» 7,1 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qilgani aniqlandi

Toshkentda 4 ta «metan zapravka» 7,1 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qilgani aniqlandi

Toshkent shahridagi 4 ta AGTKSh tomonidan 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13-29 mart kunlari «O‘zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tadbirkorlik sub’yektlariga qarashli 4 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSh) tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 7,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jumladan:

— Yunusobod tumanida joylashgan AGTKSh tomonidan 2,372 mlrd so‘mlik;

— Sergeli tumanida joylashgan AGTKShda 1,728 mlrd so‘mlik;

— Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan AGTKShda 1,607 mlrd so‘mlik;

— Uchtepa tumanida joylashgan AGTKShda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1,392 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ushbu noqonuniy holatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda. Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring