Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yonib ketgan «Matiz» ayanchli ahvolga keldi

Toshkentda yonib ketgan «Matiz» ayanchli ahvolga keldi

Foto: IIV YHXX axborot xizmati

14-dekabr kuni soat 11:19 da Toshkent shahar Olmozor tumani «Chimboy» MFY Chimboy va talabalar chorahasida «Matiz» rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi. 

Shunga ko‘ra 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib yong‘in o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

IIV YHXX axborot xizmatiga ko‘ra, yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. 

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring