Toshkentda uylarning narxi tushmoqda
Toshkent shahrida iyun oyida avvalgi oydagiga nisbatan ko‘p qavatli uylarning narxi ikkilamchi bozorda ikki foizga arzonlashdi. Bu haqda «Credo Max Estimation» baholash kompaniyasi ma’lumotiga asoslanib «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bir kvadrat metr uchun qiymat 610 sh.b.ga tushgan. Vaholanki, may oyida bu ko‘rsatkich 620 sh.b. edi. Iyun yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli va panel tipidagi kvartiralarning narxi 2 foiz tushib, mos ravishda 644 va 585 sh.b. ko‘rinishida bo‘ldi.
Xonalar soniga nisbatan qiymat quyidagicha bo‘ldi: bir xonali kvartiralar — 618 sh.b. (+2 foiz), ikki xonali — 598 (-2 foiz), uch xonali — 608 (-3 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 631 (+2 foiz).
Shahar tumanlari kesimida 11 ta tumanning 5 tasida o‘rtacha narxlarning tushishi kuzatildi, 5 ta tumanda esa o‘sgan. Eng arzon o‘rtacha narx Bektemir tumanida (445 sh.b.), eng yuqorisi esa Mirobod tumanida (721 sh.b.) qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter