Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «SES» bo‘lim mudiri ushlandi

Toshkentda «SES» bo‘lim mudiri ushlandi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim mudiri qo‘lga tushdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim mudiri O.X. «N.Sh.» MChJning 4 nafar ishchi xodimiga sog‘lomligi to‘g‘risida tibbiy daftarcha tayyorlab berishi evaziga MChJ rahbaridan 1,7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring