Toshkentda poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming voltli tok urdi
19 yoshni qarshilagan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisining o‘ylamay qilgan ishi uni ayanchli ahvolga soldi.
U Toshkent shahri, Sergeli bekatining uchinchi yo‘lida turgan vagon ustiga selfiga tushish maqsadida chiqqanida yuqori kuchlanishli tok urgan.
Ma’lum qilinishicha, bolani vagon ustida kuchlanishi 27 ming volt bo‘lgan simdagi tok urgan. U tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan.
Shifokorlarning tashxisiga ko‘ra, uning ahvoli juda og‘ir, tanasining 93 foizi kuygan, uchinchi darajali bosh miya yopiq jarohatini olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter