Toshkentda «Neksiya» nima sababdan yongani aytildi

Bugun, 6-yanvar kuni soat 14:10larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1983-yilda tug‘ilgan O.N. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobilning signalizatsiya moslamasida qisqa tutashuv yuzaga kelib yong‘in sodir bo‘lgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilning ayrim qismlari yong‘indan zararlangan.
Mazkur hodisa yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter