Toshkentda mototsikl haydovchisi yuk avtomobili ostida qolib vafot etdi

26-iyun kuni soat 05.10 da Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi kichik xalqa avtomobil yo‘lida 35 yoshli B.S. boshqaruvidagi Yamaha YZFR6 rusumli mototsikl va 46 yoshli X.U. boshqargan «Shacman» yuk avtomobili to‘qnashuvi yuz bergan.
To‘qnashuv natijasida mototsikl haydovchisi tan jarohatlari olib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda. Taxminiy sabab: yuk avtomobili haydovchisi to‘satdan yo‘nalishni o‘zgartirgan va burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan mototsiklni payqamay qolgan.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi ikkinchi qismiga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter