Toshkentda ijarada turgan 16 yoshli qiz 3-qavatdan yiqildi
![Toshkentda ijarada turgan 16 yoshli qiz 3-qavatdan yiqildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2035078722.png)
Toshkentda ijarada yashab kelgan 16 yoshli qiz o‘zini yuqori qavatdan tashlagani aytilmoqda. Bu haqda «Millar» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, qizning qayerda o‘qishi yoki nima ish qilishi noma’lum. U uzoq viloyatdan bo‘lib, Toshkentda ijarada qizlar bilan yashagan. Xonadonda chiqqan janjal sabab u o‘zini 3-qavatdan tashlagani aytilmoqda.
Qiz shifoxonaga olib kelinganida uning umumiy ahvoli og‘ir bo‘lgan. Tekshiruv davomida bemorda bosh miya chayqalishi, qorin yopiq jarohati va o‘ng boldir-tovon suyaklarining sinishi aniqlangan. Hozirda qiz sun’iy nafas apparatida qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter