Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda enaga nogiron bolani kaltaklagani videosi tarqaldi

Toshkentda enaga nogiron bolani kaltaklagani videosi tarqaldi

Foto: IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi yosh bolani urganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur videotasvir yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida quyidagilar aniqlangan.

Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 1995 yilda tug‘ilgan I.X. o‘zining nogiron farzandiga enagalik qilish uchun 2002 yilda tug‘ilgan S.T.ni ishga yollagan. Biroq, enaganing xizmatidan shubhalangan uy egasi farzandining yotoqxonasiga kuzatuv kamerasini o‘rnatgan.

2023 yil 11 fevral kuni enaga 2017 yilda tug‘ilgan K.Z.ga qo‘pol munosabatda bo‘lib, urib kaltaklaganligi holati kuzatuv kamerasida qayd etilgan. Xonadon egasi I.X. shu kuni S.T.ni ishdan bo‘shatgan hamda fuqarolarni ogohlikka chaqirish maqsadida videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi IIBB rasmiy munosabatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring