Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Green Card natijalari e’lon qilindi (Diversity Visa – 2025)

Green Card natijalari e’lon qilindi (Diversity Visa – 2025)

Illyustrativ foto

Bugun, 4 may sanasi, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan Green Card (Diversity Visa – 2025) natijalari e’lon qilinishi boshlandi.

O‘z natijangizni dvprogram.state.gov saytiga kirib tekshirishingiz mumkin. Buning uchun anketa to‘ldirish vaqtida olingan tasdiqlovchi raqamni kiritishingiz kerak.

Eslatib o‘tamiz, ma’lumotlarni kiritish bosqichi 2023-yil 4-oktyabrdan 7-noyabrgacha davom etgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili 55 mingta Green Card vizasini yutish uchun butun dunyo bo‘ylab 20 milliondan ko‘proq odam ariza topshiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring