Qirg‘izistonda yuk mashinasi o‘nlab bolalarni urib ketdi
2 may kuni taxminan soat 13:30 da Qirg‘izistonda muzqaymoq ortilgan mini yuk mashinasi 29 bolani urib yubordi.
Hodisa Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida sodir bo‘lgan.
«Manas» dostonini o‘qish bo‘yicha umumxalq aksiyasida ishtirok etayotgan bir guruh maktab o‘quvchilarini avtomobil bosib ketdi.
Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchilar 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lganlar. 7 nafar bola viloyat shifoxonasiga yotqizilgan, uch nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Shuningdek, Suzoq tuman kasalxonasida 3 nafar, markaziy shifoxonada 8 nafar bola davolanmoqda. Ularning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.
11 nafar bolaga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator davolanishga jo‘natilgan.
Yuk mashinasi haydovchisi hibsga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter