Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda harbiylarning namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etiladi

Toshkentda harbiylarning namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etiladi

8-may kuni Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etiladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu tadbir Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish, yurt himoyachilarining Vatanga sadoqatini namoyish etish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarda faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish maqsadida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etiladi. 

«G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) – O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi – «Chorsu» bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) – «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi (O‘zbeksiton shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chasi) – «Magic City» maydoni (Furqat ko‘chasi) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan harbiy bo‘linmalarning «Magic city» maydonidagi to‘xtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

Harbiy bo‘linmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishlari 8 may kuni soat 14:00 da «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasidan boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring