Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gitler Stalinni nima qilmoqchi edi? Maxfiy hujjatlar ochiqlandi

Gitler Stalinni nima qilmoqchi edi? Maxfiy hujjatlar ochiqlandi

Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakat G‘alaba muzeyiga Uchinchi reyx hukmdori Adolf Gitlerning SSSR yetakchisi Iosif Stalinga qarshi rejalari haqidagi maxfiy hujjatlarni topshirdi.

Bu haqda Lenta nashri xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujjatlarda Gitler SSSRga bosqin boshlanganidan uch hafta o‘tib Stalinni qo‘lga olishni rejalashtirgani haqida dalillar mavjud. Reyx mulozimlari buning uchun nemis qo‘shinlariga Sovet davlati hududidagi ittifoqchilar yordam beradi deb taxmin qildi.

Shuningdek, G‘alaba muzeyiga topshirilgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, 1941-yil avgust oyida Gitler qo‘shinlari Buyuk Britaniyaga bostirib kirishlari kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, Ikkinchi jahon urushining muhim qismi bo‘lgan sovetlar va fashistlar qarama qarshiligida dastlab nemis qo‘shinlari SSSR hududida katta tezlikda kirib borishgan. Ammo nemis qo‘shinlari 1941-yil kuzida Moskva ostonalarida to‘xtatilib blitskrig barbod bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring