Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi shahar hukumati Stalinga yodgorlik o‘rnatishni rad etdi

Rossiyadagi shahar hukumati Stalinga yodgorlik o‘rnatishni rad etdi

Kaliningradda mahallif hokimiyat sovet rahbari Iosif Stalinning qatag‘onlari tufayli unga haykal o‘rnatishdan bosh tortdi.

 Shahar ma’muriyati rahbari Yelena Dyatlova Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi mahalliy bo‘limining taklifini rad etdi, uning buyrug‘i partiyaning mahalliy vakillari tomonidan e’lon qilindi.

Dyatlova shaxsga sig‘inish va siyosiy qatag‘onni qoralovchi tarixiy hujjatlarga tayanganini bildirgan. O‘z javobida amaldor yodgorliklarni o‘rnatish jamiyatda nizolarga olib kelmasligi kerakligini ta’kidladi va KPSS Markaziy Qo‘mitasining 1956 yildagi «Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risida»gi qarorini, shuningdek, «Siyosiy qatag‘on qurbonlarini reabilitatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonunni esladi.

U kommunistlarning e’tiborini 1930-yillardan 1950- yillarning boshlarigacha bo‘lgan davr stalinizm qatag‘onlari davri deb e’tirof etilganligi va SSSR fuqarolarining uzoq muddatli terror va ta’qiblari qonun va adolat g‘oyasiga to‘g‘ri kelmaydigan deb qoralanganiga qaratdi.

Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi Dyatlovaning pozitsiyasini «SSSR tarixini qoralashga qaratilgan aniq antisovet pozitsiyasi» deb hisobladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring