Toshkentda bir kunda 5 ta dori bilan zaharlanish holati qayd etildi

15-yanvar kuni dori vositalari bilan zaharlanish bilan bog‘liq 5 ta holatlar qayd etildi, deya yozmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Misol uchun, 15-yanvar kuni taxminan soat 17:30 da Yakkasaroy tumanidagi shifoxonaga 22 yoshli G.M. dori vositalari bilan zaharlanish alomatlari bilan murojaat qildi. Uning aytishicha, u «Ketotifen» dori vositasi tabletkalarini birin ketin qabul qilgach, o‘zini yomon his qila boshlagan.
Toshkent shahar IIBB fuqarolardan dorilarni faqat shifokor tavsiyasi bilan belgilangan miqdorda qabul qilishni tavsiya etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter