Toshkentda 2 yoshli qizaloq qulagan uy ostida qolib ketdi
Bugun, 15 iyun kuni M.Ulug‘bek tumani «Oliy Himmat» MFYda joylashgan uylarning birida qurilish maqsadida qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda uyning bir qismi buzilib ketgan va qulagan devor ostida 2 yoshli qizaloq qolib ketgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, qizaloqni olib chiqishgan va zaruriy tibbiy yordam uchun shifokorlarga topshirishgan. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter