Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 16 kishi sog‘aydi, ular ichida 81 yoshli bemor ham bor

Toshkentda 16 kishi sog‘aydi, ular ichida 81 yoshli bemor ham bor

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 16 nafar bemor butkul sog‘aydi. 

Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Sog‘ayganlarning 8 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Namangan viloyatidan, Sirdaryo, Samarqand va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ularning 6 nafari Rossiya Federatsiyasidan Qozog‘iston Respublikasi orqali yurtimizga kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. 10 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 11 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 81 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 364 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 380 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1175 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring