Toshkent shahrida qancha korxona va tashkilot borligi ochiqlandi
Toshkent shahar Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil 1 may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 94 508 tani tashkil etmoqda. Shundan, 29 036 tasi savdo, 12 192 tasi sanoat va 7139 tasi qurilish tashkilotlari.
2023 yil yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 322 taga ko‘paygan.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni:
- Chilonzor tumani – 11 518 ta
- Yunusobod tumani – 11 453 ta
- Mirzo Ulug‘bek tumani – 11 171 ta
- Olmazor tumani – 9 129
- Shayxontohur tumani – 9 023 ta
- Yakkasaroy tumani – 8 234 ta
- Yashnobod tumani – 8 098 ta
- Mirobod tumani – 7 966 ta
- Uchtepa tumani – 7 848 ta
- Sergeli tumani – 5 163 ta
- Bektemir tumani – 2 533 ta
- Yangihayot tumani – 2 372 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter