Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh hududda kasallik aniqlandi. Toshkent hamon «peshqadam»

Besh hududda kasallik aniqlandi. Toshkent hamon «peshqadam»

Illyustrativ foto

2020-yil 30-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 078 (+206) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 130 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Buxoro viloyatida, 20 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 276 nafar, Toshkent viloyatida 152 nafar, Andijon viloyatida 33 nafar, Sirdaryo viloyatida 22 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, hamda Buxoro viloyatda ham 6 nafar, jami 495 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 13 432 (+495) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (58 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 512 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring