Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dushanbeda YTH oqibatida 22 yoshli o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

Dushanbeda YTH oqibatida 22 yoshli o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

Kecha 18 mart kuni taxminan soat 1:00 da Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatda esa 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.

Tojikiston ichki ishlar vazirligining Dushanbe shahar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Mersedes-Bens» rusumli avtomashina haydovchisi (davlat raqami 002KK03), 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Isroilov Asadbek Ismoilo‘g‘li katta tezlikda «Zafar» mahallasidan Ismoil Somoniy xiyoboni tomon harakatlangan. U N.Mahsum ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotganida yo‘lda boshqaruvni yo‘qotib, temir panjaraga borib urilgan.

«Tezlik shunchalik yuqori bo‘lganki, zarbadan avtomobil ikki qismga bo‘lingan, keyin esa orqa qismi yonib ketgan. Haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan», – deyilgan xabarda.

Hodisa bo‘yicha tergov harakatlari boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring