Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Svetofor o‘rniga yangi texnologiya

Svetofor o‘rniga yangi texnologiya

Foto: «RZN.info»

Amerikaning «Ford» kompaniyasi avtomobillar o‘rtasida elektron aloqani ta’minlovchi texnologiya ishlab chiqdi, bu chorrahalarni xavfsiz kesib o‘tishda qo‘l keladi, hatto kelgusida svetoforlar o‘rnini egallashi ham mumkin, deya xabar bermoqda kompaniyaning Yevropadagi bo‘limi matbuot xizmati.

Yangi ishlanma barcha transport vositalarini bog‘lovchi elektron kommunikatsiya tizimi hisoblanadi, chorrahalarni xavfsiz kesib o‘tish, yo‘llarda avtomobillar tiqini hosil bo‘lishining oldini olishda yordam beradi. Chorrahalarga yaqinlashayotganda tizim yaqin atrofdagi mashinalarning harakatlanish trayektoriyasi haqida ma’lumot to‘playdi va harakatlanish tezligining eng optimal variantini hisoblab beradi.

Xabar qilishlaricha, tizim ayni paytda Buyuk Britaniyaning janubi-sharqidagi Milton-Kins shahrida sinovdan o‘tmoqda.

Yaponiyaning «Honda» kompaniyasi avtomobil haydovchilari uchun «aqlli chorraha» tizimini sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring