Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tesla» eng yaxshi elektromobillar reytingida quladi — «Ford» va koreyslar kuchaydi

«Tesla» eng yaxshi elektromobillar reytingida quladi —  «Ford» va koreyslar kuchaydi

«Ford Mustang Mach-E».

Foto: «iXBT»

AQShda 43,895 – 61,995 ming dollardan sotilayotgan «Ford Mustang Mach-E» elektrokari «Yilning eng yaxshi avtomobili» (Consumer Reports) an’anaviy reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

«Kia Niro EV». Foto: «HEvCars»

Ushbu mashina bilan g‘oliblik uchun kurashgan «Tesla»ning ikki modeli — Model Y va Model 3 hatto ikkinchi o‘rinni ham egallay olmadi. Ikkinchi o‘rinda — «Kia Niro» (Janubiy Koreya). Uchinchi — «Tesla Model 3».

«Tesla Model 3». Foto: «Drom»

«Tesla» kompaniyasi jahon elektromobillar bozorida eng ko‘p mashina sotish bilan ustunlikka ega, Model 3 bir necha yillardan biri yuqoridagi sovrinni egallab kelgan.

Endi «Tesla»  «Yilning eng yaxshi avtomobili» umumiy reytingida yetti pog‘ona pastlab, 23-o‘rindan joy oldi, elektrokarlar reytingida esa — uchinchi o‘rinda.

«Ford Mustang Mach-E» yo‘llarda o‘tkazilgan sinovlar, foydalanuvchilarning bahosi, ishonchliligi, xavfsizligi bo‘yicha to‘plagan ballari hisobiga birinchi o‘ringa ko‘tarildi, deyiladi Consumer Reports hisobotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring