Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tesla birinchi marta Audidan ko‘proq mashina sotdi

Tesla birinchi marta Audidan ko‘proq mashina sotdi

Tesla Model Y.

Foto: iXBT.com

AQShning Tesla elektromobillar ishlab chiqaruvchisi, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, ilk marotaba Germaniyaning Audi premium-brendini jahonda avtomobillar sotish bo‘yicha quvib o‘tdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

«Volkswagen AG tarkibiga kiruvchi Audi 2024-yilda 1,67 mln dona yoki bir yil ilgarigidan 12 foiz oz ​​avtomobil sotdi. Yevropa va Xitoyda kuchayayotgan raqobat hamda Audi elektromobillariga talab sustligi bois, brend o‘tgan yili 1,79 mln dona avtomobil sotgan Tesla kompaniyasidan ortda qoldi», — deyiladi xabarda.

Jahon bozorida eng xaridorgir avtomobillardan sanalgan Tesla Model Y krossoveri bu yil ham yangilanadi. Ayni holatda Audi va boshqa nemis avtomobilsozlarining «lyuks» tamg‘ali mashinalariga Xitoyda talab yanada pasayadi. Yevropada esa bir nechta mamlakat elektrokarlar xaridiga subsidiyalarni qisqartirdi, oqibatda elektromobillar savdosi kutilmalar darajasidan quyiligicha qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring