Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud «*** *****» belgili yozuvni ko‘tarib chiqqan namoyishchiga jazo tayinladi – Moskva

Sud «*** *****» belgili yozuvni ko‘tarib chiqqan namoyishchiga jazo tayinladi – Moskva

Moskvaning Tverskoy tuman sudi namoyish ishtirokchisi Dmitriy Reznikovni «*** *****» belgisi tushirilgan qog‘oz ko‘tarib chiqqani uchun Rossiya qurolli kuchlarini obro‘sizlantirish moddasi bo‘yicha 50 ming rubl jarimaga tortdi.

Reznikov 13 mart kuni hibsga olingan. U bir kishilik piketda uchta va besh yulduzni ko‘rsatadigan plakat bilan qatnashgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon xavfsizlik kuchlari Rossiyada namoyishlarga chiqqan 15 mingdan ortiq kishini hibsga olishgan.

Shu yilning 4 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya qurolli kuchlari haqida «feyk» tarqatish va ularni obro‘sizlantirish uchun jazolovchi qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, ma’muriy javobgarlik belgilanganda maksimal jarima 100 ming rublni tashkil etadi, jinoiy javobgarlikka tortilganda esa 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring