Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sog‘liqni saqlash tizimiga «safarbar qilindi»

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sog‘liqni saqlash tizimiga «safarbar qilindi»

Foto: SSV

O‘zbekiston prezidentining 3-iyuldagi qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vaziri rahbariyatida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani haqida xabar bergandik.

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga Azizov Abdulla Abdisalomovich ham tayinlandi.

A.Azizov 1981-yilda tug‘ilgan. 2003-yilda Yaponiyaning Nagoya universitetini, 2004-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan.

Shuningdek, Daniyaning Orxus universiteti magistraturasini, Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu yo‘nalishda mehnat faoliyatini boshlagan.

Tayinlovga qadar 2006 – 2019-yillarda Daniyada qator nufuzli kompaniyalarda mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2019-yil sentyabr oyidan ayni paytga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring