Smartfondagi josus-dasturni topib beruvchi ilova ishlab chiqildi
Shu kunlarda jahon ommaviy axborot vositalari turli mamlakatlar hukumatlari tomonidan jurnalistlar, siyosatchilar, huquqni himoya qiluvchilar va tadbirkorlarni ta’qib qilish uchun qo‘llanilgan Pegasus josuslik dasturini qizg‘in muhokama qilmoqda. Boshqa dasturchilar ham qo‘l qovushtirib o‘tirishgani yo‘q: smartfondagi «josus»ni aniqlovchi ilovani ishlab chiqishibdi, yozyapti «Ferra».
Smartfonda josuslik dasturi bormi-yo‘qmi — ilova shuni aniqlaydi.
Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot — Amnesty International chiqargan bu ilovaning nomi — Mobile Verification Toolkit (MVT). Mazkur ilova smartfonni skanerlab, komprometatsiya indikatorlari (IOC)ni qidiradi. Android-smartfonlar va ayfonlar uchun mo‘ljallangan. MVT ayfonlarning zaxira nusxasini ham yarata oladi, deyiladi xabarda.
Ilovani mana shu havola orqali topish mumkin.
Ma’lumot uchun: Pegasus josuslik dasturi Isroilning NSO Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. U ayfonlarga iMessage ilovasidagi darz orqali kirib o‘rnashgan. Bu smartfonlar egalari hatto zararli dastur joylashgan havolaga ham kirishmagan, josus dasturning o‘zi kir(itil)gan. Buni bilish imkonsiz edi. Pegasus telefon egasining qayerda yurgani, parollarini bilgan, u nima gapirgan bo‘lsa, smartfondagi mikrofon orqali yozib olgan...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter