Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

25 yoshli fuqaro smartfonga qaramlikning noyob va qo‘rqinchli oqibatlariga duch keldi

25 yoshli fuqaro smartfonga qaramlikning noyob va qo‘rqinchli oqibatlariga duch keldi

Foto: Donpress.ru

Yaponiyaning 25 yoshli fuqarosi bo‘yin muskullarini boshqarishni butunlay yo‘qotdi va boshini ko‘tarolmay qoldi. Shifokorlar unga ko‘p yillik g‘ayritabiiy tana holatidan kelib chiqqan "egilgan bosh sindromi" ning og‘ir shakli tashxisini qo‘yishdi.

Telefon uning hayotini qanday buzdi

Ismi oshkor etilmagan bemor bolaligidan faol bo‘lgan, ammo maktabda tahqirlanganidan keyin o‘qishni tashlab ketgan va deyarli butun vaqtini telefoniga ko‘milgan holda o‘tkazgan. Yillar davomida bo‘yin egilgan holda harakatsizligi orqa miya deformatsiyasiga olib keldi.

Bemorda surunkali bo‘yin va bel og‘rig‘i, yutinish bilan bog‘liq muammolar, to‘satdan vazn yo‘qotish (tana yukni ko‘tara olmagan), umurtqalarning siljishi tufayli boshning orqa qismidagi bo‘rtiq kabi muammolar yuzaga kelgan.

Shifokorlar shoshilinch aralashuvisiz u nogiron bo‘lib qolishi mumkinligi haqida ogohlantirdilar.

Qutqaruv operatsiyasi

Konservativ usullar (fizioterapiya, korsetlar) yordam bermadi. Umurtqa pog‘onasini jarrohlik yo‘li bilan mahkamlash yagona yo‘l edi.

Umurtqalarni barqarorlashtirish uchun bo‘yniga titan vintlar o‘rnatildi.

Operatsiyadan keyin erkak yana boshini tik tutishni o‘rganishi kerak edi.

Hozir uning ahvoli yaxshilanmoqda, ammo shifokorlar gadjetlar haqiqiy hayotdan voz kechish uchun sabab emasligini ta’kidlamoqda.

Global muammo

Yaponiyalik bemorning ishi o‘ta og‘ir, lekin 2010-yillardan boshlab “Matn bo‘yin sindromi”(Text Neck Syndrom) bilan og‘rigan bemorlar soni ortib bormoqda. Smartfonda kuniga 4 soatdan ortiq vaqt sarflaydigan har bir kishi xavf ostida.

Bundan qanday qochish kerak?

  • Telefoningizni ko‘z darajasida ushlab turing
  • Har 30 daqiqada tanaffus qiling
  • Mashqlar yordamida bo‘yin muskullarini mustahkamlang.

Mutaxassislar birinchi belgilarni e’tiborsiz qoldirmaslikka chaqiradilar, bular: bo‘yinda uvushish, bosh og‘rig‘i, bo‘yin egilish qiyinlashishi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring