Shimoldan sovuq havo massalari kirib keladi — O‘zgidromet
O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 6-8 dekabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublika shimolida ertaga 7 dekabr kuni ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.
Havo harorati asosan kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.
8 dekabrda respublika hududiga shimoldan sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
Havo harorati 8 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuqni, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuqni, kunduzi 2-7 daraja sovuqni tashkil etadi.
8 dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi.
Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushadi.
Poytaxtimizda 6-7 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s telikda esadi. Harorat asosan kechalari 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduz kunlari 2-5 daraja iliq bo‘ladi.
8 dekabrda kuchsiz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.
Kelgusi haftaning boshida O‘zbekiston bo‘yicha harorat kechalari 5-10 daraja sovuqqacha (Toshkentda 6-8 daraja sovuqqacha), shimolda 13-18 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda. Kunduz kungi harorat deyarli o‘zgarmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter