Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar o‘tgan yilgi issiqlik to‘lqini keyingi besh yil uchun odatiy holga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirdilar

Olimlar o‘tgan yilgi issiqlik to‘lqini keyingi besh yil uchun odatiy holga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirdilar

Foto: Pogoda.mail.ru

Jenevada e’lon qilingan Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 va 2029-yillar o‘rtasidagi global harorat rekord darajada saqlanib qolish ehtimoli yuqori. Kelgusi besh yozning kamida bittasi 2024-yildagidan ham issiqroq bo‘lishi 70 foiz ehtimoli bor. 

Bashorot Britaniyaning MetOffice ob-havo xizmati hisob-kitoblariga asoslanadi va turli ilmiy institutlarning ma’lumotlarini hisobga oladi. Ushbu hisob–kitoblarga ko‘ra, yaqin yillarda Yer yuzasining o‘rtacha harorati sanoatdan oldingi davrga (1850-1900) nisbatan 1,2-1,9 darajaga yuqori bo‘ladi.

Haroratning bunday ko‘tarilishi global isishni ikki darajadan ancha past ushlab turish va iloji bo‘lsa, uni 1,5 darajagacha cheklashga qaratilgan Parij iqlim kelishuviga rioya qilish imkoniyatiga shubha tug‘diradi.

"Darajaning har bir qo‘shimcha ulushi yanada zararli issiqlik to‘lqinlari, kuchli yog‘ingarchilik va qurg‘oqchilikni anglatadi", deyiladi WMO hisobotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring