Sardor Umurzoqov Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bo‘ldi
Shu kunlarda hukumat tarkibida, shuningdek, markaziy vazirlik hamda idoralar rahbariyatida qator o‘zgarishlar yuz berishi kutilayotgani haqida xabar bergandik.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018-yil 28-yanvardagi farmoni bilan «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan Umurzoqov Sardor O‘ktamovich O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi. «O‘zcharmsanoat» uyushmasi matbuot xizmati bu xabarni rasman tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Tashqi savdo vazirligining qo‘shilishi orqali tashkil etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Umurzoqov «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisligiga 2018-yil 30-mayda tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter