Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda KamAZ piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 3 kishini urib yubordi. Qurbonlar bor

Samarqandda KamAZ piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 3 kishini urib yubordi. Qurbonlar bor

Joriy yilning 4-iyun kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumani Mehnatkash mahallasi hududidan o‘tuvchi «Samarqand-G‘uzor» A-378 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida piyodalar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, haydovchi 1999-yilda tug‘ilgan P.Yo. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan «KamAZ-53 212» rusumli yuk avtomashinasida harakatlanib borayotib, piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan o‘tayotgan J.F. va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarini urib yuborgan.

Natijada 2 nafar voyaga yetmaganlar olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan.

Ularning onasi Samarqand tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta’minlanib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring