Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Shimoliy Koreyaga beg‘araz yordam ko‘rsatdi

Rossiya Shimoliy Koreyaga beg‘araz yordam ko‘rsatdi

Rossiya Shimoliy Koreyaga beg‘araz insonparvarlik yordami ko‘rsatdi. Bu haqda Pxenyandagi elchixona tomonidan xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, 2019 yilda ob-havo sharoiti yomon bo‘lgani sababli KXDRda o‘n million odam oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga duch kelmoqda. Rossiya bunday sharoitda koreys xalqiga yordam ko‘rsatish maqsadida 25 ming tonna saralangan g‘allani Shimoliy Koreyaga yubordi. G‘alla Serra-Leone bayrog‘i ostida suzayotgan «POLINA» kemasida Napxo portiga yetkazib berilgan.

Rossiya elchisi 14 may kuni ushbu portga kelgan va g‘allani tushirish ishlari bilan tanishgan. Xabar qilinishicha, koreyaliklar «bir dona bug‘doy ham yo‘qolmaydigan» darajada ish olib bormoqdalar. G‘allani tushirish ishlari yomg‘ir tufayli may oyi oxiriga qadar davom etishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, KXDR o‘tgan yili mamlakatda qurg‘oqchilik bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Xabarda aytilishicha, Shimoliy Koreyada 1982 yildan buyon eng qurg‘oqchil yil bo‘lib o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring