«Roskosmos» Xalqaro kosmik stansiyani tark etmoqchi
«Roskosmos» davlat korporatsiyasining rahbari Dmitriy Rogozin Rossiya Xalqaro kosmik stansiya (XKS)dagi ish faoliyatini tugatishga qaror qilganini ma’lum qildi.
«Roskosmos» Rossiya prezidenti va hukumatiga tegishli takliflarini yubordi, dedi u. Rogozinning ta’kidlashicha, Rossiya loyihadan chiqishi haqida tomonlar va sheriklarni fazodagi ishlarni tugatishiga bir yil qolganida xabardor qiladi.
«Hozircha biz o‘z pozitsiyamizni e’lon qilishga shoshilmaymiz va hukumat tomonidan belgilangan muddat — 2024-yilgacha ishlashda davom etamiz. XKS taqdiri borasidagi qaror bizning mamlakat va uning tevaragidagi vaziyatga ko‘p jihatdan bog‘liq», — dedi Rogozin.
XKS — ko‘p maqsadli fazoviy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan majmuaviy boshqariluvchi orbital stansiya. 1998-yildan beri faoliyat ko‘rsatadi (mamlakatlar 2024-yilgacha hamkorlikda foydalanishga kelishgan). Ushbu xalqaro loyihada 14 mamlakat: Rossiya, AQSh, Yaponiya, Kanada hamda Yevropa kosmik agentligiga kiruvchi Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Fransiya, Shveysariya, Shvetsiya ishtirok etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter