Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Roskosmos»ning yosh rahbarlaridan biri vafot etdi

«Roskosmos»ning yosh rahbarlaridan biri vafot etdi

«Roskosmos» davlat korporatsiyasi rahbarining iqtisodiyot va korporativ boshqaruv bo‘yicha o‘rinbosari Maksim Ovchinnikov og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi, dedi korxonaning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin. Ovchinnikov 40 yoshda edi.

«U korrupsiyaga qarshi kurash yo‘lini tutib, kosmik sanoati manfaatlarini qat’iy himoya qildi», — deb yozdi u.

Rogozinning aytishicha, u Ovchinnikovni 2018 yilda «Roskosmos»ga taklif qilgan. Undan oldin u Federal monopoliyaga qarshi kurash xizmatida ishlagan va u yerda ham qattiq qadrlangani uchun qiyinchilik bilan «qo‘yib yuborishgan».

Ovchinnikov davlat korporatsiyasida muvaffaqiyatli ishlagan, «biz u bilan moliyaviy ishlarni tartibga soldik, bir-birimizni yaxshi tushunardik», deydi Rogozin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring