Rossiya amerikalik astronavtning yo‘lkirasini 2 milliardga baholadi
Ukrainadagi ziddiyat ortidan Rossiya aksariyat tranzaksiyalarini rubllarga o‘tkazmoqda. Buni hatto fazoda ham sezishdi.
2022-yilning mart oyida «Roskosmos»ning «Soyuz» kemasi Xalqaro kosmik stansiyadan NASA astronavti Mark Vande Xayni Yerga olib qaytgandi. Fazoviy yo‘lovchidan yo‘lkira rublda olingan.
«Roskosmos» rahbari Dmitriy Rogozinning aytishicha, NASA 2 mlrd rubl to‘lagan. O‘rtada «Axiom» kompaniyasi vositachilik qilgan. Rus valyutasida to‘lov qilish taklifi «Roskosmos»dan chiqqan.
Rossiya markaziy banki kursi (11-14-iyun) bilan hisoblanganda, 2 mlrd rubl — 34,61 mln AQSh dollariga teng.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter