«Roskosmos» mikroelektronikani kimdan olmoqchi?
Yo‘ldoshlar uchun sanksiyaga tushgan butlovchi qismlarni Xitoydan sotib olamiz, dedi «Roskosmos» davlat korporatsiyasi rahbari Dmitriy Rogozin.
Rossiya o‘z milliy mikroelektronika sanoatini yo‘lga qo‘ya olmaganiga iqror bo‘lgan Rogozin hamma hamma narsani bir o‘zi ishlab chiqara olmasligini qo‘shimchaladi.
«XXR bilan munosabatlarimiz ajoyib... Va biz bu muammolarni hal qilamiz. O‘zimiz ishlab chiqarmaydigan narsalarni xitoylik hamkasblarimizdan sotib olamiz», — ta’kidladi u.
«Roskosmos» rahbarining oldingi bayonotlariga ko‘ra, sanksiyalar (avvalgilari) qo‘llanishi mikroelektronika taqchilligiga olib kelib, oqibatda qator fazoviy apparatlarni uchirish qoldirilgan. Rus raketalari 2021-yilda fazoga uchishi kerak edi.
Yevropa ittifoqining sanksiyalariga javoban «Roskosmos» YeIdagi sheriklari bilan Fransiya Gvinasidagi Kuru kosmodromida hamkorlikni to‘xtatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter