Yerga yaqinlashadigan o‘ta xavfli asteroid haqida ma’lumot berildi
Rossiya Fanlar akademiyasining Amaliy matematika instituti 2095-yilda 2021 UL 17 asteroidining Yerga xavfli yaqinlashishi haqida xabar berdi.
Bu haqda «Roskosmos» federal kosmik agentligiga tayanib, «TASS» yozmoqda.
«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2095-yilning 5 aprelida Yerga xavfli yaqinlashish bashorat qilinmoqda va hozirgi vaqtda to‘qnashuv ehtimoli bor-yo‘g‘i 0,02 foizni tashkil etadi», — deya ta’kidlanadi «Roskosmos» ma’ulmotida.
Institut 2029-yilda Yerga yaqinlashadigan Apofis asteroidi haqidagi ma’lumotlarga ham aniqlik kiritdi. Ular to‘qnashuv ehtimoli «juda kichik» ekanligini ta’kidladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter