Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: Karlo Anchelottining yangi ish joyi aniq bo‘ldi

Rasman: Karlo Anchelottining yangi ish joyi aniq bo‘ldi

Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasini boshqaradi. 

65 yoshli mutaxassis termani JCh-2026gacha boshqaradi va besh karra chempionni iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Ekvador va Paragvayga qarshi saralashning navbatdagi ikkita o‘yiniga olib tushadi. 

Ayni damda braziliyaliklar Janubiy Amerika zonasida jahon chempionati saralash bosqichida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. 

Anchelotti hozirda "Real Madrid"ni boshqarmoqda, bu yerda 2021-yildan buyon ishlab kelmoqda. Ilgari Karlo "Blankos" bilan 2013-yildan 2015-yilgacha ishlagan. 

Anchelotti murabbiylik faoliyati davomida Italiyaning “Redjiana”, “Parma”, “Yuventus”, “Milan” va “Napoli” klublarini o‘z ichiga olgan. Shuningdek, u “Chelsi” (Angliya), “PSJ” (Fransiya), “Real” (Ispaniya), “Bavariya” (Germaniya) va “Everton” (Angliya) klublarini boshqargan. 

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”da Anchelotti o‘rniga Germaniyaning “Bayer” klubini boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso kelishi haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring